9-may «Xotira va qadrlash» kuni

Maktabda 2015 yilning 8-may kuni 9-may «Xotira va qadrlash» kuniga bag`ishlar tadbir o`tkazildi. «Xotira va qadrlash» kunini  o`tkazish uchun oldindan ishchi guruhi tuzilib rejaga asosan 2-maydan 8-may kunigacha sport musobaqalari o`tkazildi.Tadbirga  maktabda ishlab , hozirgi kunda  nafaqada qarilik gashtini surayotgan ustoz o`qituvchilarni ham taklif etildi.

DSC_0000175Bu tadbirda  maktabdagi «Xotira maydoni»da  ikkinchi jahon urushida qatnashgan ota-bobolarimiz , mehnat qilib vafot etgan  ustozlar va boshqa insonlarni esga olib o`quvchilar va pedagoglar tomonidan gulchambarlar qo`yildi hamda bir minut sukut saqlab esga olindi.
Maktabning  o`quvchilari tadbirda o`zlarining tabriklari, she`riy chiqishlari bilan , sahna ko`rinishlari bilan tadbir qatnashchilarining qalbini  quvonchga  to`ldirdi. Ayniqsa maktabning bitiruvchi sinf o`quvchilari 9-A  va 9-B – sinf  o`quvchilarining qiziqarli musobaqalari tadbirga  husn bag`ishladi. Ular bellashishdi va tadbir oxirida ikkala guruhning ham ballari teng bo`lib do`stlik g`alaba qozondi.

DSC_0000176Tadbirda shuningdek  «Olmazor» mahalla fuqarolar yig`ini faollari ham ishtirok etishdi va tadbir qatnashchilarini tabriklashdi. Tadbirda maktab direktori Ashurqulov Faxriddin  so`zga chiqib barcha tadbir ishtirokchilarini  bayram bilan chin ko`ngildan samimiy tabrikladi. So`ngra  musobaqada g`olib chiqqan o`quvchilarni , sport musobaqasida  g`olib jamoalarni maktab raxbariyati va pedagoglari tomonidan tashkil etilgan sovg`alar bilan taqdirladi.

DSC_0000177Tadbir so`ngida  bayramda qatnashayotgan ustozlar barchani bayram tadbiri bilan samimiy muborakbod etishdi. Maktab raxbariyati va pedagog jamoasi ularni tashkil etilgan dasturxonga  taklif etishdi. Bir piyola choy ustida ustozlar va shogirdlar o`rtasida qizg`in suhbat o`tkazildi. Tadbirdan barcha xursand bo`lishdi.

Fikr bildirish