Amir Temur

Dedilar: “Kishvari dururi dilkash,

Oti ham Shaxrisabz erur, ham Kash.

Hizr monand sabzadan rangi,

Sabzasi, suvi ko’zgusi zangi.

Shaxrisabz o’ldi bizga chun mulkat,

Yo’q ajab gar yashil durur kisvat”.

(A.Navoiy)

         X-XII asrlarda Markaziy Osiyo tafakkur, ilm markaziga aylanib, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy Yusuf Xos Xojib kabi allomalarimiz jahon fani xazinasini yanada boyitdi.

Yurtboshimiz I.A.Karimov 1995 yil 2 noyabrda bir guruh atoqli olimlar bilan uchrashganda quyidagi so’zlarni keltirgan edi: “Biz qanday ulug’ merosning vorislari ekanimizni also unutmasligimiz kerak, aba shu buyuk merosni xalqqa yetkazishimiz lozim”.

         Amir Temurning Movaraunnahrni birlashtirish, yagona markazlashgan davlat barpo etish yo’lidagi sa’y harakatlari, qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilik zulmodan ozod bo’lishga, ijtimoiy qarashlarning rivojlanishiga, o’z qomusiy bilim durdonalariga yangi gabharlar kelib qo’shilishiga asos bo’ldi.

         Amir Temur nafaqat kuchli, markazlashgan davlatga asos soldi, balki uni yangicha iqtisodiy, xuquqiy, qonunchilik tizimlarini ishlab chiqdi.

         Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning yoshlikdan bilimga chanqoqligi edi. Temur turk, arab va eron tarixini mukammal bilgani, Qur’on suralarini yod olganligi, Firdavdiyning “Shoxnoma” asari bilan tansihligi, ko’pgina sharlar tarixi bilan qiziqqanligi va sayohatchilarning asarlarini ko’p mutoolaa  qilganligi uning iqtisodiy, ijtimoiy qarashlarining shakllanishiga sabab bo’lgan/

         Shu munosabat bilan o’zbek davlatchiligi poydevorini qurish va uni rivojlantirishga qaratilgan masalalarni o’zida aks ettirgan “Temur tuzuklari”da iqtisodiy qarashlar va muammolarga alohida e’tibor bergani bejiz  emas.

         “Tuzuklar”da keltirilishicha, “Davlatu saltanat, – uch narsa bilan, – mulk, xazina va lashkar bilan tikdir”, deya ta’kidlagan va bunga juda qattiq rioya qilgan va e’tibor qaratgan.  Bundan tashqari davlatu saltanatni boshqarishni to’rt asosiy omilga – hokimiyat organlariga, xazinaga, sipohlarga, raiyatga tayangan holda boshqarishni ko’zda tutgan.

         Demak, Amir Temurning fikricha, davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida iqtisodiy imkoniyatlarning ahamiyati katta. Va uning iqtisodiy qarashlari doirasida moliya masalalari muhim o’rin egallagan.

         Davlatning mustahkamligi, tinchligi, kuchliligi birinchi navbatda raiyatning munosabatiga sodiqligiga bog’liq. Shu sabab raiyatning holidan xabardor, ogoh bo’lish tuzugi Amir Temur davlatining eng muhim qonuniga aylandi va unga amal qilina bohslandi. Xalqni yomon xodisalardan, noxaq qatl etishdan, amaldorlar tomonidan talanishdan, xonavayron bo’lishdan asrashni buyurib, ularni davlatdan. Amirdan rozi bo’lish choralari ko’rildi. Xalqni ko’pgina soliqlardan ozod qildi.  Mamlakatni xunuk ko’rsatuvchi omillardan biri gadolikdir, deydi, Temur. Gadolarni yo’q qilmoq uchun uning iqtisodiy ahvolini yaxshilamoq kerak va shu munosabat bilan Temur faqat gadolarga emas, balki ojizlar – ko’r, cho’loq, qariligi sababli mehnatga layoqatsiz, iqtisodiy nochor bo’lganlarga xazina molining beshdan birini ajratgan.

         Shuni ta’kidlash kerakki, Temurgacha birorta podsho bu kabi ishlarni amalga oshirmagan. Bundan uning qanday olijanob, insonparvar inson ekaniligi ko’rinib turadi. 

         Temur davridayoq ilk byudjet elementlari shakllanganligining guvohi bo’lamiz, ya]ni xazinadagi daromad va harajatlarni yozib boorish, barcha hokimliklardan yozma hisobot olish kabilar amalga oshirilgan va bulra ustidan nazorat o’rnatilgan.