Chet tili

Maktabimizda ingliz tili , fransuz tili va rus tili fanlari o`qitiladi. Hozirgi kunda barcha ta`lim muassasalari kabi maktabimizda ham 1-2-sinflarda  ingliz tili fani o`qitilmoqda. Keyingi o`quv yillaridan boshlab  3-4-sinflarda ham ingliz tili fani o`qitilishi yo`lga qo`yiladi. Hozir  1-2 -sinf o`quvchilariga ingliz tilidan yangi dastur ishlab chiqilgan va bu reja asosida o`quvchilarga o`yinlar tarzida ingliz tilini o`qitilishi  katta foyda bermoqda. Bolalarning og`zaki nutqining o`sishi, uydagi narsalarning nomlari, uy hayvonlarining nomlari, yovvoyi hayvonlarning nomlari, ota-ona,aka-uka, bobo-momolarining ingliz tilida   aytilishini o`rganishi o`qituvchilar va ota-onalarni xursand qilmoqda.
RasYusupova Nafisa – maktabda ingliz tili fanidan dars beradi. Oliy ma`lumotli.Toshkent jahon tillari universitetining ingliz tili fakultetini tugatgan. Hozirgi kunda maktabda o`quvchilar bilan birgalikda ingliz tili fanidan zamonaviy pedagogik texnologiya asosida dars mashg`ulotlari o`tib kelmoqda. Turli tadbirlar, fan kechalari tashkil etadi. O`quvchilar ingliz tilida bemalol so`zlasha oladi.

Хазраткулова ТXazratqulova Tamara – maktabda fransuz tili fanidan dars beradi. U Toshkent jahon tillari universitetining fransuz tili fakultetini tugatgan. Hozirgi kunda maktabimizda fransuz tili fanidan o`quvchilarga dars mashg`uloti o`tish bilan  birgalikda to`garaklar, har xil kechalar va tadbirlar tashkil etadi. O`quvchilar fransuz tilini yaxshi , puxta o`rganishmoqda. Fan olimpiadalarida va bilimlar bellashuvida bir qancha o`quvchilari tumanda va viloyat miqyosida faxrli o`rinlarni egallashgan.

Fikr bildirish