Iqtidorli o`quvchilar

DSC_0000243To`ramurodova Maftuna Faxriddin qizi – Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 1999 yilda tug`ilgan. Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi. 2014-2015 o`quv yilida ona tili va adabiyot fanidan tuman olimpiadasida faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritgan. Viloyat olimpiadasida ona tili va adabiyot fanidan qatnashib , faxrli o`rinni egallagan. Ustozi Mamanova Ra`no bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boradi. Kelajakda u Termiz shaxridagi 2-son akademik litseyining ijtimoiy-gumanitar fanlari yo`nalishi  bo`yicha o`qib,  oliy o`quv yurtiga kirib  oliy ma`lumotli  mutaxassisligini egallash orzusida.

       Xolmatova Sevara Davlat qizi – Surxondaryo viloyatining Termiz shaxrida 1999 yilda tug`ilgan. Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi. 2014-2015 o`quv yilida  fransuz tili fanidan tuman olimpiadasida faxrli 1-o`rinni egalladi. Viloyat olimpiadasida ishtirok etib, faxrli o`rinlardan birini egalladi. Ustozi Xazratqulova Tamara bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

        Axmedova O`g`ilnoz – Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 2000 yilda tug`ilgan. Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinf  o`quvchisi. 2014-2015 o`quv yilida  iqtisod fanidan tuman bilimlar bellashuvida  faxrli 1-o`rinni egalladi. Viloyat bilimlar bellashuvida ishtirok etib iqtisod fanidan faxrli o`rinlardan birini egallab qaytdi. Ustozi Begimqulova Zulxumor bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

          Omonova Madina – Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 2000 yilda tug`ilgan. Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinfida o`qiydi. 2014-2015 o`quv yilida fransuz tili fanidan bilimlar bellashuvida faxrli 1-o`rinni egalladi. Viloyatda o`tkazilgan bilimlar bellashuvida fransuz tili fanidan ishtirok etib faxrli o`rinlardan birini egalladi. Ustozi Xazratqulova Tamara bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.