Maktabda ta`limni rivojlantirish uchun barcha pedagoglar har doim izlanishlar olib borishlari zarur. Buni maktabda albatta o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari boshqarib boradi. Maktabda avvalo o`quv yili boshida metodkengash tuzilib, unga a`zo pedagoglar aniqlanadi. So`ngra fanlar bo`yicha metodbirlashmalar tuziladi. Mana shu metodbirlashmalar raxbarlari yil davomida olib boriladigan ishlar rejasini tuzib metodbirlashma a`zolari bilan birgalikda ishlarni tashkil etishlari kerak bo`ladi. Bunda albatta har bir o`qituvchilarining ham o`rni bo`lishi zarur.