Maktabda o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berilar ekan, albatta dars mashg`ulotlaridan tashqari to`garaklarning ham o`rni juda katta. Shuning uchun ham bizning maktabimizda informatika fanidan hafta kunlarining bo`sh vaqtlarida to`garaklar tashkil etilgan. O`quvchilar kompyuter texnologiyalari to`garagida muttasil qatnashishib o`zlarining bilimlarini oshirib borishadi. To`garakni maktabning oliy ma`lumotli informatika fani o`qituvchisi Bobonazarov Sherboy olib boradi. To`garaklardan tashqari maktabda informatika fanidan kechalar, tadbirlar ham o`tkazib turadi. Bularning hammasi o`quvchilarning bilimlarini oshirishda katta xizmat qiladi.O`quvchilarning to`garakka bo`lgan qiziqishlari juda ham katta. O`quvchilar bu to`garakda kompyuterda ishlash, WORD, EXCEL, TURBO PASCAL, BLOKNOT, WORD PAD, PAINT, INTERNET EXPLORER dasturlarida amaliy ishlab o`zlarining bilimlarini yanada oshirishadi. Bundan tashqari bizning maktabimiz ZIYONET portaliga ulangan bo`lib, o`quvchilar internetda ishlab bilim, ko`nikmalarini oshirishadi.
Informatika to`garagi qatnashchilari