Ota-onalar yig`ilishi

DSC_0000185Maktabda har doim ota-onalar bilan yig`ilishlar, uchrashuvlar o`tkaziladi. Bunda ota-onalar faol ishtirok etishadi. O`quv yili davomida bajariladigan ishlar ota-onalar bilan birgalikda  o`quv yili boshidan kelishib olinadi. Shuning uchun ham maktabda ta`lim-tarbiya ishlari ota-onalarning ko`glidagidek tashkil etiladi. Har bir o`quvchining ota-onasi aytgan fikrlar  yig`ilishlarda muhokama qilinadi. Albatta o`quvchilar oilada ota-onalaridan tarbiya olsihadi. Lekin maktabda ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda  ota-onalarning roli bo`lmasa  ishlar ko`ngildagidek ketmaydi.

DSC_0000186Farzandlarining  maktabda olayotgan bilimlari, sportdagi yutuqlari, tadbirlarda  ishtirok etishi  albatta har bir ota-onani ruhlantiradi. Shuning uchun ham ota-onalarni maktabda o`tkaziladigan tadbirlarga ham taklif etiladi.Ota-onalar farzandlarining  tadbirlarda chiqishlarini kuzatib, kichkintoylarning chiqishlariga baho berishadi va o`zlarining fikr va mulohazalarini bildirishadi. O`quvchilar ham ota-onalarining tadbirlarda ishtirok etishlaridan quvonishib, zavqlanishadi va barcha chiqishlarini ko`ngildagidek tayyorlashga harakat qilishadi. Maktabda o`quvchilarning tarbiyasi , ko`chalarda yurishi, uyda oilada , to`y va marosimlarda yurishlari  ota-onalar yig`ilishlarida muhokama qilib olinadi. Mana shunday  muhokamalar, qizg`in bahslar o`quvchilarning ta`lim-tarbiyani to`g`ri olishlari uchun muhim rol o`ynaydi.

Fikr bildirish