Ozbekiston Respublikasining janubiy sarhadi bulgan Surxondaryoda anor pishdi. Sherobod, Muzrabot tumanlarida anorni uzish ishlari olib borilmoqda.
Continue reading «Surxondaryoda anor pishib yetildi»
Танлов зарурати
Инсоният эҳтиёжларини қондириш учун зарур бўлган барча товар ва хизматларни ишлаб чиқаришнинг имкони йўқ. Чунки иқтисодий ресурслар чекланган. Шу боис , нафақат алоҳида олинган шахс, балки корхоналар ва фирмалар , давлат ва жамият миқёсида ҳам чекланганлик муаммосига дуч келинади. Ҳар қандай фирма ҳам ўз фаолиятини кенгайтириш пайида бўлиб, кўпроқ сифатли маҳсулот турларини ишлаб чиқаришга интилади. Continue reading «Танлов зарурати»
Иқтисодиётнинг асосий муаммоси
Инсон – онгли мавжудот . У ҳар доим яхши яшашга интилиб келган. Айиқнинг қорни тўйса , инига кириб ухлайди. Инсон эса эришган нарсаси ва мавқеи билан қаноатланмайди. У яхшироқ овқатланиш, яхшироқ кийиниш, яхшироқ турмуш шароитига эга бўлиш, яхшироқ мартабага эришиш, яхшироқ билим олишга ва ҳоказоларга интилиб яшайди. Инсонга ҳар доим нимадир етишмайди. Шу боис , инсон эҳтиёжларининг поёни ва чеки йўқ. Инсон эҳтиёжлари маълум шахс ёки гуруҳга тегишли бўлишига кўра , шахсий эҳтиёжлар ва ижтимоий эҳтиёжлар каби турларга бўлинади. Continue reading «Иқтисодиётнинг асосий муаммоси»
Iqtisodiyot
Биз муттасил ўзгариб , ривожланиб бораётган оламда яшамоқдамиз. Атрофга синчиклаб назар солсангиз, янги товарлар ва хизмат турларининг пайдо бўлаётганлиги , одамларнинг истак ва хохишлари ўзгариб бораётганлиги, кўчалар, шаҳар ва қишлоқларнинг янгича кўриниш олаётганлигининг гувоҳи бўласиз. Ушбу янгиланиб бораётган оламда яшар экансиз, сиз ҳам ҳар бир ўзгаришга ўзингизнинг муносабатингизни билдиришингиз, янги шароитга мослашиб боришингиз зарур бўлади. Continue reading «Iqtisodiyot»
Zararli odatlar
Har bir inson , shuningdek jamiyat uchun salomatlikdan qimmatliroq narsa yo’q. Continue reading «Zararli odatlar»
Inson salomatligi va jismoniy tarbiya
Salomatlik kishining jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir. Sog’lom holatdagi o’quvchi mehnat qila oladi, o’qiydi, ota-onasiga , eliga , yurtiga va xalqiga foyda keltiradi. Nosog’lom odam esa o’z dardi bilan bo’lib, jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida faoliyat ko’rsata olmaydi. Shunday ekan, salomatlik har bir kishi uchun eng zarur ekanligini unutmaslik lozim. Mehnat unumdorligi , mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, xalq faravonligining oshishi kishilar sog’lig’i bilan belgilanadi.
Salomatlikni ta’minlash avvalo kishining sog’lom turmush tarziga ko’p jihatdan bog’liq. Sog’lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo’lib, unumli mehnat qilish, o’qish va dars tayyorlashni bir tizimga solish , dam olish, badantarbiya va sport bilan shug’ullanish , organizmni chiniqtirish , shaxsiy va psixogigiyenik talablarga rioya qilish, to’g’ri ovqatlanish, zararli odatlardan o’zni tiyish va har yili shifokorlar ko’rigidan o’tib turishdan iborat. Agar inson yuqorida aytilganlarni o’z hayotiga tatbiq etib, turmush tarziga aylantirsa, o’z salomatligi haqida o’zi qayg’urgan bo’ladi.
Salomatlikni saqlashning muhim omillaridan yana biri – to’g’ri tashkil etilgan jismoniy faollikdir. Jismoniy faollik, ya’ni harakat natijasida odamning turli tana a’zolari faoliyati me’yorlashadi, organizmning buzilgan faoliyati esa qayta tiklanadi. Natijada insonda aqliy va jismoniy mehnatga nisbatan faollik ortadi. Har qanday yoshdagi odam uchun harakat to’laqonli hayot va faoliyat ko’rsatkichidir. Harakat natijasida quvvat ыфкаш oshadi, to’qimalarning qon, kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Yurak muskul tolalarining tuzilishi mustahkamlanadi, organizmni idora etuvchi gormonal va nerv sistemasining ishi faollashadi. Harakat, jismoniy mashqlar suyaklar tuzilmasini mustahkamlaydi, mushak kuchini oshirib, uni bir xil shaklda saqlaydi. Harakat va jismoniy mashqlar muskul va skeletni rivojlantiradi, qad-qomatni xushbichim va ko’rkam qiladi.
Kundalik turmushda har bir inson ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishni kanda qilmaslikka odatlanishi zarur. Jismoniy mehnat bilan shug’ullanish, ko’proq piyoda yurish, ochiq havoda sayr qilish inson salomatligi uchun muhimdir.
Xullas , jismoniy tarbiyaning salomatlikni ta’minlashdagi o’rni beqiyos. Jismoniy tarbiya bilan shug’ullangan bolalar sog’lom, ruhan tetik, kuchli , irodali va quvnoq bo’ladilar, darslarni yaxshi o’zlashtiradilar, o’z o’rtoqlari , o’qituvchilar oldida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo’ladilar.
Tirnoqlar gigiyenasi
Tirnoqlarni parvarish qilish qo’l va oyoq n gigiyenasining muhim qismi hisoblanadi. Chiroyli , nafis va toza tirnoqlar kishiga estetik zavq bag’ishlaydi. Aksincha , o’sib ketgan , ichlari kirdan йщкфнши ketgan tirnoqlar esa kishining g’ashini keltiradi va ko’nglini xijil qiladi. Bundan tashqari, kuzatishlarning ko’rsatishicha , tirnoqlar ostida to’plangan kirda mikroblar ayniqsa ko’p yig’iladi. Ular odam ovqatlanayotganida qo’li orqali organizmga tushib turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, mikroblar orqali odam organizmi uchun xabfli hisoblangan askarida tuxumlari ham tushishi mumkin. Bu esa me’da-ichak kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Tirnoqlar doimo toza, kalta qilib oldirilgan bo’lishi lozim. Tirnoqlarning haddan tashqari o’sganligi bir qator noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, qizlar uy yumushlarini bajarayotganda , kir yuvayotgan yoki dars tayyorlayotganda uzun tirnoqlar чфдфйше beradi.
O’smirlarga tirnoqlarni lak bilan bo’yash tavsiya etilmaydi. Chunki lak tarkibida kimyoviy moddalar bo’lganligi uchun tirnoqlarning to’g’ri rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Oyoq va qo’l tirnoqlarini olishga mo’ljallangan qaychi yoki boshqa tirnoq olish asboblari alohida-alohida bo’lgani ma’qul. Oyoq va qo’l tirnoqlarini bir qaychida olish mikroblarning bir kishidan ikkinchi kishiga o’tishiga sharoit yaratadi.
Soch gigiyenasi
Soch organizmni quyosh nuridan , issiq va sovuqdan, chang va shu kabi turli xil noxush ta`sirlardan saqlaydi. Shuning uchun sochda ko’p miqdorda yog’ , chang va kir yig’iladi. Natijada sochda qazg’oq , soch biti va zamburug’ kasalliklari paydo bo’lishi mumkin.
Sochni parvarishlash va tez-tez yuvib turish bolalar va o’smirlar shaxsiy gigiyenasining asosiy shartlaridan biridir. Boshni juda issiq suvda va xo’jalik sovunida yuvish tavsiya etilmaydi. Chunki bunda soch mo’rt bo’lib qoladi, yaltiroqlik xususiyati yo’qoladi. Shu boisdan sochni yumshoq va o’rtacha issiqlikdagi suv bilan yuvgan ma’qul.
Quruq soch yog’li sochga nisbatan kam kirlanishini hisobga olib, 10-14 kunda bir marotaba yuvish mumkin. Yog’li sochni esa 6-7 kunda bir marta yuvish tavsiya etiladi.
Soch yuvish uchun ishlatiladigan sovun va shampunni bosh terisining holatiga qarab tanlagan ma’qul. Bugungi kunda shampunlarning turli xillari ishlab chiqarilmoqda. Ularning ayrimlari ba’zan bosh terisi va ildiziga salbiy ta’sir ko’rsatib, allergiya paydo qilishi mumkin. Shuning uchun ulardan foydalanganda ehtiyot bo’lish lozim. Iloji bo’lsa, davolash xususiyatiga ega bo’lgan (qazg’oqqa qarshi) sovun yoki shampunlardan foydalangan ma’qul.
Sochni parvarishlashda o’ziga xos qoidalarga rioya qilish talab qilinadi. Jumladan, har bir kishining alohida tarog’i bo’lishi, doimiy ravishda sochini qirqtirib turishi lozim. Sochga turli xil lok va bo’yoqlar ishlatmaslik sochning sog’lom va chiroyli bo’lib o’sishi garovidir.
Soch biti yuqumli kasallik singari juda tez tarqaladi. Shuning uchun maktabgacha tarbiya muassasalarida , maktablarda va oilada sochning bitlashiga qarshi chora-tadbirlarni doimiy ravishda amalga oshirib borish lozim. Sochning bitlashiga qarshi kurashda tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga qat’iy amal qilish lozim. O’zbilarmonlik bilan biron-bir zararli moddalarni qo’llash bosh terisi va soch uchun zararli ekanligini unutmaslik kerak.
Sochni parvarishlash gigiyenasi bosh kiyimiga ham bog’liq albatta. Qishning sovuq va yozning kunlariga qarab bosh kiyimini tanlash va kiyish maqsadga muvofiq. Yozning issiq kunlarida havo o’tkazuvchi oq yoki och rangli matodan tikilgan hamda quyosh nurining yuzga va ko`zga ta’sirini kamaytiradigan , oldida soyaboni bo’lgan bosh kiyimidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Teri (tana) gigiyenasi
Terining tozaligi faqatgina terining mutanosib fiziologik faoliyatini ta`minlab qolmay, balki butun organizmning normal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi. Shuningdek, teri (tana) tozaligini ta`minlash yuqumli teri kasalliklarining oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson terisi tashqi muhitdagi turli xil zararli ta’sirlarga duch keladigan birinchi a’zo bo’lib, u bir qator vazifalarni bajaradi. Jumladan, u har xil ta’sirlardan muhofaza qilish, moddalar almashinuvini ta’minlash , issiqlikni idora qilish va nafas olish faoliyatlarida ishtirok etadi.
Teri organizmni mexanik shikastlanishlardan , ortiqcha quyosh nuridan, zararli moddalardan himoya qiladi. Agar teri sog’lom va ozoda bo’lsa, uning yuzasidagi mikroblar tushib ketadi. Teri ifloslanganda unda turli xil teri kasalliklarini qo’zg'
atuvchi mikroblar ko’payadi. Bu mikroblar terining yiringli, qichima va boshqa kasalliklarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun terini doim ozoda tutish maqsadida tez-tez yuvinib, cho’milib turishga odatlanish kerak.
Bunga erishish uchun kishi haftasiga kamida bir marotaba issiq suvda cho’milishi lozim. Cho’milishning dush qabul qilish, vannada cho’milish, hammomda va quruq issiq havoli hammomda cho’milish turaridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari , har kuni ertalab yuz-qo’llarni yuvishni unutmaslik kerak. Cho’milishdan keyin artinadigan sochiqlar har bir kishiga alohida bo’lishi lozim.
Yuvinishda har bir kishi o’z terisining xususiyatlaridan , ya’ni terisning quruq yoki yog’liligidan kelib chiqib, sovun va shampun turlaridan foydalanishni bilishi maqsadga muvofiq. Ayrim yuvinish vositalari ba’zan allergik kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin.
Ovqatlanishdan oldin va hojatxonaga borgandan keyin, jismoniy ishlarni bajargandan keyin qo`lni sovunlab yuvishga bola uch-to’rt yoshligidan boshlab odatlanishi kerak.
Teri ko’p terlaganda har kuni kechqurun yotishdan oldin sovuqroq suvda yuvinish foydalidir. Shuningdek, paypoq va ichki kiyimlarni tez-tez almashtirib turish ham ko’p terlashning oldini oluvchi vositalardan biri hisoblanadi.