Interrogative sentences

So’roq gaplar (Interrogative sentences)

 

  1. So’roq gaplar ikki xil bo’ladi : umumiy so’roq gaplar va maxsus so’roq gaplar. Umumiy so’roq gaplar (General Questions) suhbatdan savolda ifodalangan fikrni tasdiq yoki inkor qiladigan ha yoki javobini olish uchun ishlatiladi. Umumiy so’roq gaplar yordamchi fe’llar yoki modal fe’llar bilan boshlanadi :

Do you speak English ?                                          Siz ingliz tilida gapirasizmi ?
Can you translate this article without                  Siz bu maqolani lug’atsiz tarjima qila olasizmi ?
a dictionary ?

  1. Maxsus so’roq gaplar (Special Questions) gapning biror bo’lagiga berilgan bo’lib, who,what, whose, how, when, where va boshqa so’roq so’zlar bilan boshlanadi :
    Who brought you this book ?                                 Bu kitobni sizga kim olib keldi ?
    What did you see there ?                                         U yerda siz nimani ko’rdingiz ?
    How did he write the dictation ?                            U diktantni qanday yozdi ?
    When did he come ?                                               U qachon keldi ?
    Where did you see him ? Uni qayerda ko’rdingiz ?

 

 

UMUMIY SO’ROQ GAPLAR

(GENERAL QUESTIONS)

 

Yordamchi (modal ) fe’l + ega + V ?

 

 

1. Umumiy so’roq gaplar gapning boshida , eganing oldiga yordamchi yoki modal fe’lni qo’yish bilan yasaladi. Agar darak gapda yordamchi fe’l bo’lmasa (Simple Present yoki Simple Past zamonlarda), eganing oldiga do (does) yoki did yordamchi fe’llari qo’yiladi , asosiy fe’l esa egadan keyin qo’yiladi:

 

 

 

 

Bo’lishsiz umumiy so’roq gaplar

 

  1. Umumiy so’roq gaplarning bo’lishsiz shakli egadan keyin asosiy fe’lning oldiga not inkor yuklamasini qo’yish bilan yasaladi. Og’zaki nutqda not yordamchi yoki modal fe’l bilan qo’shilib ketadi. Umumiy so’roq gaplarning bo’lishsiz shakli ajablanishni bildiradi va nahotki so’zini qo’shib tarjima qilinadi :

 

Do you not know him ?                                                Nahotki , uni tanimasangiz ?

Don’t you know him ?

 

 

Tasdiq so’roq   gaplari   (disjunctive questions)

 

  1. Umumiy so’roq gaplarning bir turi tasdiq so’roq gaplaridir.
    Tasdiq so’roq gaplarida bo’lishli yoki bo’lishsiz darak gapga qisqa umumiy so’roq gap qo’shiladi. Bu so’roq gap bosh gapdagi fe’lga mos yordamchi yoki modal fe’ldan va bosh gapning egasiga mos bo’lgan kishilik olmoshidan iborat bo’ladi. Agar bosh gapning kesimida yordamchi fe’l yoki modal fe’l bo’lmasa (Simple Present yoki Simple Past ning bo’lishli shaklida bo’lsa) , do (does) yoki did yordamchi fe’llarning mosi olinadi :

 

You speak French, don’t you ?                                      Siz fransuz tilida gapirasiz , shunday emasmi ?

 

 

 

 

 

Maxsus so’roq gaplar

 

  1. Maxsus so’roq gaplar gapning biror bo’lagiga beriladi va Who? Kim? What? Nima? Qanday? Wich? Qaysi? When? Qachon? Where? Qayerda ? Qayerga? Whu? Nima uchun ? How ? Qanday? How much? Qancha? How many? Nechta? How long? Qancha vaqt? Necha vaqt? kabi   so’roq so’zlar yoki so’zlar guruhi bilan boshlanadi.
  2. Maxsus so’roq gaplarda so’z tartibi umumiy so’roq gaplarnikiga o’xshaydi, faqat gapning boshida so’roq so’zlar qo’yiladi :

 

 

 

Aniqlovchiga savol berilganda What? Qanday, Which? Qaysi, Whose? Kimning? , How much? Qancha ? How many?  Nechta ? so’roq so’zlari bevosita ular aniqlaydigan otdan oldin keladi.

 

 

Gapning egasiga va eganing aniqlovchisiga beriladigan savollar

 

  1. Egaga beriladigan so’roq gaplar Who ? Kim? va What? Nima? olmoshlari bilan boshlanadi va ular so’roq gapning egasi bo’lib keladi. Boshqa maxsus so’roq gaplardan farq qilib, egaga berilgan so’roq gaplarda darak gaplarning so’z tartibi qo’llaniladi. So’roq gapda ega bo’lib kelgan who , what olmoshlaridan keyin fe’l uchinchi shaxs birlikda ishlatiladi.

 

Ot –kesimlarga maxsus so’roq gaplar tuzish

 

Kesimi ot-kesim bo’lgan gaplarning egasiga savol berganda, so’roq gaplar who yoki what olmoshlari bilan boshlanadi :

Who is a doctor ?                                   Kim shifokor ?

What is broken ?                                     Nima siniq ?

Savol egaga berilganda bog’lovchi fe’l orqasidan kelayotgan ot bilan shaxs va sonda moslashadi :

Who is an engineer ?                              Kim muhandis ?

Who are engineer ?                                  Kimlar muhandis ?

Ot kesimning ot qismi otdan boshqa so’zlardan yasalgan bo’lsa, bog’lovchi fe’l uchinchi shaxs birlikda keladi :

Who is ready ?                                     Kim tayyor ?

What is broken?                                   Nima siniq ?

What is out of order?                          Nima buzuq ?

Savol ot-kesimning ot qismiga berilgan bo’lsa, o’sha buyumning qanday xususiyatlarga ega ekanligi so’raladi. Bunda bog’lovchi fe’l o’zidan keyin keladigan ot yoki olmosh bilan shaxs va sonda moslashadi:

 

What is he ?                                                 U kim ?

What are the?                                              Ular kim?

What is he (she,it) like ?                              U kimga o’xshaydi ?

Ot-kesimga savol berilib kishining nasabi (ismi,sharifi) yoki qarindoshligi so’ralganda so’roq gap who olmoshi bilan boshlanadi, kishining kasbi yoki mansabi so’ralganda so’roq gap what olmoshi bilan boshlanadi.

 

 

Maxsus so’roq gaplarning bo’lishsiz shakli

 

Maxsus so’roq gaplarning bo’lishsiz shaklini yasash uchun not inkor yuklamasini egadan keyin qo’yamiz. Og’zaki nutqda not yordamchi fe’l yoki modal fe’l bilan qo’shilib ketadi.

Whu did you not come yesterday ?                           Nima uchun kecha kelmadingiz ?

Whu didn’t you come yesterday ?

 

 

Muqobil so’roq gaplar (Alternative Questions)

 

Muqobil so’roq gaplar or bog’lovchisi bilan bog’langan ikkita umumiy so’roq gapdan iborat bo’ladi. Odatda ikkinchi so’roq gap to’liq bo’lmaydi :

Did you spend your leave in the                                     Siz tatilingizni Qrimda o’tkazdingizmi yoki
Crimea or (did you spend it) in the Caucasus?                 Kavkazda ?

 

Muqobil so’roq gaplarga to’liq javob beriladi .

Muqobil so’roq gap egaga berilgan bo’lsa , ikkinchi egadan oldin doim yordamchi fe’l yoki modal fe’l keladi. Bunday so’roq gaplarga har qanday egaga berilgan so’roq gaplarga o’xshab, qisqa javob beriladi:

Did you speak to them , or did the manager?                         __ The manager did.

Ular bilan siz gaplashdingizmi yoki menejer ?                       __ Menejer .

 

 

 

 

 

 

 

O`ng qo`l qoidasi

O’ng qo’lni magnit maydoniga shunday joylashtiriladiki , bunda magnit kuchi chiziqlari kaftimizga tik kirsin. Yoyilgan bosh barmoq o’tkazgichning harakat yo’nalishini ko’rsatsin. Shunda chozilgan 4 ta barmoq induksion tok yo’nalishini ko’rsatadi. G’altak uchlarini tashqi berk zanjirga ulansa tok hosil bo’ladi. Bu tokni induksion tok deyiladi. Induksion tok kattaligi nimalarga bog’liq. Buni aniqlash uchun quyidagi tajribalarni o’tkazaylik . Keltirilga qurilmani yig’ib , magnitni g’atak ichiga sekin-asta to’xtatmasdan kiritaylik . BUnda galvonometr strelkasining og’ishi juda kichik bo’lishi kuzatiladi . Bunda magnitni g’altak ichiga juda qisqa muddat ichida tez kiritib olaylik. Bunda galvanometr strelkasining   og’ishi katta bo’ladi.
Berk konturda hosil bo’lgan induksion tok shunday yo’naladiki,   natijada uning magnit maydoni , induksion tokni hosil qilgan tashqi magnit maydonini susaytirishga harakat qiladi .
Lens qoidasi umumiy xarakterga ega bo’lib , amaliyotda qo’llash noqulay . Amaliyotda magnit maydonida harakatlangan o’tkazgichda hosil bo’lgan induksion tokning yo’nalishini o’ng qo’l qoidasi bilan aniqlash mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

IQTISODIY MUTANOSIBLIK VA UNING TURLARI

Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o’rtasida mutanosiblik bo’lishini taqozo qiladi.

Iqtisodiy mutanosiblik-iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik bo’lishi shart emas. Ular : 2:3, 5:3, 3:1 nisbatlarda bo’lishi mumkin.

Makroiqtisodiy jarayon g’yat murakkab va ko’p qirrali bo’lishi sabali mutanosiblik turlari ham ko’p va xilma-xil . Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.

  1. Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar : iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi: iqtisodiyotdagi Tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi : aholining daromadlari bilan xarajatlar o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
  2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanisbliklar alohida o’rin tutadi. Mamalakat xalq xo’jaligi juda ko’p tarmoq va sohalardan iborat bo’lib, ularning rivojlanishi bir-biriga taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi. Yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o’z iste’molchisini topadi. Masalan: qishloq xo’jalik mahsulotlarning ko’pchilik qismi (paxta, g’alla, pilla, sut va hokazolar) Sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlab , pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari (qishloq xo’jaligi, qurilish va h.k.lar) da unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir biriga bog’liqlikdir. Rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo’jaligi, sanoatning “a” guruhi bilan “b” guruhi o’rtasidagi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari o’rtasidagi mutanosibliklar misol bo’ladi.
  3. Tarmoqlar ichidagi mutanosibliklar . Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik, tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo’jaligining dehqonchilik va chorvachilik sohalari o’rtasidagi mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga ta’kidlab o’tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo’linmalar o’rtasida ham bog’liqlik bo’lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari chorvachilikning sut va go’sht ishlab chiqarish sohalari o’rtasida .
  4. Hududiy mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o’rtasidagi bog’liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o’rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi rol to’liq namoyon bo’lmaydi . Lekin alohida hududiy bo’linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodi va tashkiliy jihatdan bog’liqligi ixtisoslashishi ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiyasi nuqtai nazaridan qaralsa bu bog’liqning ahamiyati yaqqol ko’rinadi.
  5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan , dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog’langan , ikkinchidan , shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi., yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog’liqlik qanchalar katta bo’lsa, sof eksport hajmi orqali mikroiqtisodiy muvoznatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko’zda tutiladi :

   Mamlakatda mavjud bo’lgan iqtisodiy resusrslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish.

     To’la bandlikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo’lganva ishlashni xoxlaganlarni to’liq va samarali ish bilan ta’minlash.

     Narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni infilyatsiya ta’siridan holi qilish.

   Iqtisodiyotning bir maromida o’sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog’lab borish.

   Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishsish.

   Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo’lib, bunga erishish muqarrar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloqmuvozanatga erishish mumkin, emas, u buzilib va qaytatdan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o’sish notekis boradi.

Iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari

Iqtisodyot barqaror rivojlanishi uchun uning tomonlari o’rtasida ma’lum muvozanat bo’lishini taqozo qiladi.

Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar , hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir biriga teng bo’lgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham bugun iqtisodiyotning muvozanati to’g’risida gap borganda eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.

Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning shakllanish jarayoni va uni ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki , u o’z ichiga xususiy va umumiy xarakterdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.

   Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.

   Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va Tovar taklifi masalalari byudjet daromadlari va xarajatlari, aholida tovarlarga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatliklar ko’rinishida chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek : “…ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan molar salmog’I o’rtasida to’g’ri nisbatni ta’minlash g’oyat katta rol o’ynaydi.

   Umumiy muvozanatlik jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o’zaro teng kelishini bildiradi.

   Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bozor sharoitida , avvalo yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko’rinadi.Bu nafaqat iste’molchilik ne’matlariga , balki ishlab chiqarish vositalariga , ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy muvozanatlik bir qator shart-sharoitlarni taqozo qiladi. Birinchidan , bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir.

   Ikkinchidan , iqtisodiy muvozanatlik mamlakatdagi barcha iqtisodiy resusrlarda samarali foydalanadigan xo’jalik maexanizmini taqozo qiladi.

   Uchinchidan muvozanatlik ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi. To’rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatlikning umumiy shart-sharoitlari bo’lib, bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resusrslar, ishchi kuchi va hokazolar) da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.

   Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligini va shu kabi bir qator shart-sharoitlarni ham taqozo qiladi.

   Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to’xtovsiz rivojlanish holatida bo’ladi. Iqtisodiy sikl fazalarida , bozor konyukturasi, bozor sub’yektlari daromadlari va talabi tarkibida o’zgarishlar ro’y berib turadi.

Bularning hammasi muvozanatli holatni turg’un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqozo qiladi.

Shunday qilib maddo darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik – bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir.

Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo’jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o’zaro bog’liq va bir’birini taqozo qiladigan muvozanatliklar tizimini o’z ichiga oladi.

Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usulda foydalaniladi : 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Iqtisodiy yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM) iqtsiodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+In) olinadi . Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi –bu ishlab chiqarishning hsunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajminio sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda , sof milliy mahsulot muvozanatlar darajada ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo’ladi.

Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg’arish , sarflar-daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa , yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi.

Investitsion sarflarning ko’payishi , ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi –bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o’zgarishga nisbati

                                                           Real SMM dagi o’zgarish

Multiplikator samarasi = ————————————————–

                                                 Investitsion sarflardagi o’zgarish

SMM dagi o’zgarishning multiplikator x Investitsiyalardagi o’zgarish.

Investitsion sarflardagi o’zgarishdan tashqari iste’mol davlat xaridi yoki eksportdagi o’zgarishlar ham multipliator samarasiga ta’sir ko’rsatadi.

Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan , iqtsodiyotda bir sub’yekt tomonidan qilingan sarf boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan , daromaddagi har qanday o’zgarish iste’mol va jamg’arishda xuddi shunday yo’nalishda o’zgarish bo’lishiga olib keladi.

Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans ususlidan va “xarajat va natija” larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.

Balans ususlida tarmoqlararo balans , moddiy , moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.

   “Xarajat va natija” larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.

Inson Huquq va erkinliklarining ta’minlanishi.

Davlat mustaqilligini qo’lga kiritib O’zbekiston rivojlangan huquqiy demokratik davlatni barpo qilish va adolatli fuqorolik jamiyatni shakillantirish yo’lini tanladi.

Demokratik fuqorolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo’ygan har qanday davlatning demokratlashuviga hos husisiyatlarini ko’rsativchi shartlaridan biri – inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to’liq belgilanishi hamda ularni ta’minlanishi uchun shart –sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad

– Ushbu davlatda yashovchi har bir fuqoraning huquq va erkinliklarini to’la taminlashda iboratdir.

Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki , inson huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi muhim ahamyatga egadir ammo ularni amalgam oshirishning kafolatlangan , himoyalangan imkonyatlarini bo’lmasa ular quruq gapligicha qolib ketadi. Bunga yorqin misol totalitar tuzim hukumronlik qilgan sobiq ittifoq qonunlarida ham fuqoralarning ko’plab huquq, erkinliklari juda chiroyli qilib yozib qo’yilgan edi. Boriq ular hayotda amalgam oshmay qoldi. CHunki kamunistik mafkura ko’p jihatdan sinflar , davlat to’g’risida qayg’urib ,“ Inson ” ni esdan chiqargan ekan .

O’z istiqlol va erkin tarqqiyot yo’lini tanlab olgan O’zbekistonda qisqa davr ichida insonning huquq va erkinliklarini to’la amalgam oshirish yo’lida diqqatga sazovvor ishlar qilindi . Inson manfaatlarini taminlash davlatimizning eng ustivor vazifalaridan biriga aylandi .

Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari to’g’risida yuzdan ortiq qonunlar , ikkiyuzdan ortiq qonun osti aktlari qabul qilindi.

-Inson huquqlari himoya qilish Konstitutsiyaning bosh g’oyasi va maqsadi hisoblanadi.

Inson huquq va erkinliklari kafolat tushunchasiga to’g’talmoq zarur. O’zbek tilining izohli lug’atida bayon etilishicha : “Kafolat ” so’zi bu –masulyatni , javobgarlikni o’z zimmasiga olgan U holda , ishontirish , kafillik ta’minlash ” Ma’nosini bildiradi.

Kafolat – bu fuqoralarga qonunda belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarini amalgam oshirilishi taminlashga yordam beradigan vositalar , usullar va shart sharoitlardir. Inson va erkinliklarning huquqiy erkinliklari deyilganda shaxslarning Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarini amalgam haqiqiy bajarish uchun zarur sharoit va barcha imkonyatlarni yaratish tushiniladi. Kafolat , kafolatlash bu –Konstitutsiya , qonunlardako’rsatilgan imkonyatlarni hayotda amalgam oshirish , huquq va erkinliklarga ega bo’lish demakdir . Fuqoralarning huquq va erkinliklarini kafolatlash Konstitutsiya ko’rsatilgan egalik qilish bilan cheklanmasdan , ulardan , to’liq foydalanishj va ularni ,harqanday noqonuniy buzilishlardan muhofaza qilish hamdir .

Konstitutsiyamizning mohiyat insonga munosib hayot sharoitlariga yaratish uni baxli qilishdan iborat. U jamiyat va uning a’zolari oldiga buyuk maqsadlarini qo’yadi . Ana shu ezgu maqsadga erishishning yo’llarini o’zida mujassam etadi. SHu o’rinda davlat , oila va jamiyat manfaatlari , soda qilib aytsak , davlat va inson manfaatlarini uyg’unlashib brogan sari jamiyat rivojlanib , olg’a siljib boradi.

Konstitutsiyaning asosiy huquqqiy hujjat sifatidagi qimmati shundaki , u jamiyat azolarini tengligini qayt etadi, unga kafolatlar beradi.            O’zbekiston O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mustahkamlangan huquq erkinlikdan kafolatlarning o’ziga va xos jihatlari nimalardan iborat ?

Birinchidan . O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarnin huquq va erkinliklarini belgilashda va kafolatlashda Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va halqaro huquqning g’oyalari asos qilindi .

Ushbu xalqaro asosan fuqaralorning ko’plab huquqlari , ayniqsa tabiy – shaxsiy huquqlari hechkim (Davlat , monarx ,pirizdent va boshqalar) tomonidan berilmaydi. Kafolat ushbu huquq va erkinliklarining amalgam oshishini , ro’yabga chiqishini taminlashda . SHuning uchun ham Konstitutsiyamizga murojat etsak , inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari asosiy o’ringa ko’tariladi hamda ularning kafolatlanishiga alohida etibor berilgan. Ikkinchidan. Bizning Konstitutsiyamiz bo’yicha biror sinf , tabaqa yoki guruhnin manfaatlari uchun emas , balki butun xalq manfaati uchun xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligimizda belgilangan demakratik va insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan asosiy pirinsiplarga biri bu –hokimyatlar taqsimlanish pirinsipida . Hokimyatlarning taqsimlanish pirinsipi – Demokratik davlatga xos xususiyatga , inson va fuqoralar kafolatlashning muhim shartidir .

Mulkchilikga , mulkchilikka munasabat masalasida ham fuqarolarning huquqlari xalqaro huquq nomlariga mos kafolatlangan Konstitutsiyasiga binoni ishlab chiqarish vositalari , moddiy boyliklar davlat mulki hisoblanadi . Fuqaralorning xususiy mulkka ega bo’lishi , boylik ortirishi qattiyan man qilib qo’yilgan edi . Demokratik O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida esa “Har bir shaxs mulkdor bo’lishiga haqli” O’zbekiston iqtisodyati bozor munosabatlariga uning negizini xilma xil barcha mulk shakillarining teng huquqqa ega ekanligini kafolat beriladi. Mamlakatimizda ishbilarmonlik , tashabuskorlik harakatiga keng yo’l ochildi mulkdorlar sinfi vujudga kelmoqda. O’zbekiston jahonning va demokratik yo’ldan borayotgan tajribalaridan kelib chiqib etiroz etilgan xalqaro huquq norganlari tan olib qonunchilikning aktiv faolyat olib bormoqda Respublikamiz taraqqiyot sari rivojlanib bormoqda . Uning taraqqiyoti huquq erkinliklari ularni amalgam oshirish samarali himoya qilish mustahkamlanishi bian kechadi. Fuqaralarning huquqlarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “inson huquq va erkinliklarining kafolatlari” o’ninchi boblari 43 -46 moddalari muhim ahamyatga ega . Konstitutsiya 44- moddasida “ har bir shaxsning o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himnoya qilish mansabdor shaxslar jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniyustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi deyilgan. Bu qoidaga ko’ra , fuqarolar Konstitutsiyasida belgilangan o’zlarining huquq va erkinliklari buzilgan deb hisoblar, o’z huquqlarini sud orqali himoya qilishlari mumkin. Bu fuqoralarning buzilgan huquqlarini tiklovchi samarali vosita hisoblanadi. Sudga shikoyat qilish huquqi shaxsning huquq va erkinliklarining huquq va erkinliklari kafolatlanishi hisoblanib sud organlarigina Konstitutsiyaga asosan boshqa davlat hokimyati organlaridan , jamoat birlashmalaridan holi , mustaqillik qiluvchi va faqat qonunga bo’y sinuvchi organdir.

O’zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi va boshqaruv shakli

Istiqlol xalqimizga o’z vatanida o’zini erkin his qilish chinakam  o’z milliy qadriyatlarini tiklash , o’z milliy davlatchiligini shakllantirish imkonini berdi. O’zbekiston milliy davlatchiligi murakkab sharoitda qaror topishiga sabab bo’ldi. Chunki sobiq sho’roning davlatchilik illatlarini tugatish muammolari ko’ndalang turar edi. Sababi sho’ro davridagi Konstitutsiyalarda inson manfaatlaridan davlat manfaatlari ustunligi belgilab qo’yilgan. Turkiston ASSrning 1918-1920 yillarda Xorazm va Buxoro respublikalarining 1920-1921 yilda , shuningdek , O’zbekiston SSRning 1927 , 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari mazmun-mohiyatiga ko’ra haqiqiy mustaqil davlatning qonuni emas edi. Respublika hududida 28 ittifoq va 17 respublika ittifoqining vazirlik va boshqaruvlari mavjud. 1990-yil 24-martda respublika oily kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qaror qabul qilib O’zbekiston prezidenti lavozimini ta’sis etdi. O’zbekiston Respublikasi oily kengashi 1990 yil 1 noyabrda “Ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish to’g’risida”gi qonun qabul qilib sobiq hukumat – Minstrlar sovetini tugatib president huzuridagi Vazirlar Mahkamasini vujudga keltirdi.

  1. O’zbekiston o’zining davlat shaklini aniqlashda respublikamizning o’ziga xos sharoitlari tarixiy a’nanalarini milliy mentaliteti , ya’ni xalqimizning fikr yuritish jamiyat hayotini anglash va talqin qilish sohasidagi hamda davlat qurilishi borasidagi jahon amaliyoti yutuqlari inobatga olinish , davlat tuzilishining Respublikasiga davlat tuzilishining unitary shakli xosdir. Biroq, O’zbekiston davlati tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Uning tuzilishi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi ham mavjud. O’zbekiston yagona hudud, yagona oily davlat, hokimiyatiga ega markazlashgan unitary davlatdir. Unitar davlatga Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston, Fransiya < Italiya va shu kabilar kiradi. O’zbekiston Respublikasi o’z ichki hududiy tuzilishiga ega. Konstitutsiyaning 68-moddasidagi qoidaga muofiq “O’zbekiston Respublikasi viloyatlar , tumanlar, shaharlar, shaharchalar , qishloqlar, shuningdek qoraqalpog’iston respublikasidan iborat” . O’zbekiston Respubliaksi tarkibini : Qoraqalpog’iston Respublikasi 12 ta viloyat 163 ta tuman , 119 ta shahar 115 ta shaharchalar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining hududi 447,4 ming kv.km ni tashkil qiladi. Davlat hududi chegaralarini va davlat suvereniteti amal qilishini belgilovchi chiziq –davlat chegarasi deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi besh mustaqil davlat – Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston davlatlari bilan chegaradosh. Davlatimiz chegaralarining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etadi. Afg’oniston bilan chegara 137 km, Qozog’iston -2203 km, Qirg’iziston 1099 km, Tojikiston – 1161 km, Turkmaniston bilan 1621 km dan iborat. Har bir davlat o’z chegaralari doirasida joylashgan hududiga ega. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi Qonunning 4-moddasiga ko’ra “ O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmas bo’lib uning xalqi o’z xoxish-irodasini erkin bildirmasdan turib o’zgartish mumkin emas” . Davlat chegarasi masalasida O’zbekiston izchil yo’ldan zamon siyosiy tamoyillariga monand yo’ldan bormoqda.

3.O’zbekiston   Respublikasi     davlat   boshqaruvi     hor   qanday   jamiyatning   ichki   ehtiyojidir.   Boshqaruvi-ijtimoiy   munosabatlarni     tartibga   solishga   qaratilgan   faoliyat hisoblanadi. Jamiyat   mahsus     boshqaruv     tizimisiz     mavjud     bo’la   olmaydi .Lekin   davlatgina   jamiyatning   yaxlit     boshqaruv   tizimi   bo’lib   hizmat   qila   oladi.Davlat   boshqaruvining   samaradorligi   uning   hokimiyatga   uyushqoqligi   bilan   kafolatlanadi.Davlat   tomonidan   amalga   oshiriladigan   boshqaruvni   anglatgani     uchun “Davlat   boshqaruvi”   deb   atash   mumkun .   Davlat   boshqaruvi   tizimi   – ijro   hokimiyatini     amalga     oshiruvchi   idoralar   tizimi   ya’ni   ijro etish va   farmoyish   berish   faoliyatini   amalgam   oshuruvchi   organlar   tizimidan   iborat.   Davlat   boshqaruvi   tizimining   yuqoridagi   tarmoq   va   yo’nalishlari     O”zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   va   har   bir   soxaga     tegishli   qonun   hujjatlariga   tayanib   ish   ko’radilar. Pirezdentlik   Respublikasi   hozirgi   kunda   eng   ko’p   tarqalgan   davlat   boshqaruvi   shakli   hisoblanadi . 1995-yilgi   malumotga   ko’ra   BMT ga   a’zo   186 dav latdan   140 tasida   Prezdent   lavozimi     mavjud   bo’lib,   ularning   aksariyati   Prezdentlik Respublikasidir.Bular   AQSH, Argentina , Brazilya, Meksika, Gonduras, Zambiya,   Urugvay va   boshqalardir.   Prezdentlik   Respublika   boshqaruvi   Prezidentga   qatiy   dadil va   jasurlik     bilan     faoliyat   ko’rsatishi   uchun     imkon     yaratadi.

Nutq tovushlari

Bir narsa boshqa bir narsaga urilganda , tekkanda narsalar atrofidagi havo tebranadi va tovush hosil qilinadi. Havoning bunday tebranishi havo to`lqinlari deb ataladi.Havo to`lqinlari qulog`imizga urilganda, biz bu tovushlarni eshitamiz. O`pkamizdan og`iz va burun orqali chiqqan havo oqimi (nafas) ham havo to`lqinlarini hosil qiladi, har xil tovushlarni beradi, Biz erkin nafas olish, pishillash, hansirash, yo`tal tovushlarini eshitamiz. Odam yana boshqa xil tovushlarni hosil qilishi mumkin. Odam chiqaradigan har qanday tovush ham nutq tovushi emas. Nutq tovushi – bu so`zlarning , qo`shimchalarning eng kichik bo`lagi. Nutq tovushlari  tizmasi so`zlarni , so`zlar tizmasi esa so`z birikmalarini va gaplarni tashkil etsa, gaplar tizmasi katta-kichik og`zaki yoki yozma matnlarni tashkil etadi. Og`zaki matn qanchalik katta bo`lmasin , uning eng kichik bo`lakchasi nutq tovushlaridir. Nutq tovushlari yozuvda harflar bilan beriladi.
Nutq tovushlari og`izda havo oqimi – to`lqinlar  vositasida hosil bo`ladi.
O`pka, kekirdak , tovush paychalari, og`iz bo`shlig`i, til, lablar, tishlar va burun bo`shlig`i nutq a`zolaridir.Nutq  tovushlari havo oqimining mana shu a`zolarga еупши o`tishi , ular bilan urilishi natijasida hosil bo`ladi.

Kompyuter ta`limi

DIGITAL CAMERAMaktabimiz 2003 yilda zamonaviy kompyuter bilan ta`minlangan. O`quvchilar bilan kompyuter savodxonligini oshirishda kompyuter texnikasining o`rni beqiyosdir. Hozirgi kunda axborot  almashinuvining tezkorligi, axborot ustida olib boriayotgan bir vaqtda o`quvchilar , o`qituvchilar kompyuter texnikasini ishlatishni o`rganishlari zarur. Shuning uchun ham maktabda informatika fanidan  hafta mobaynida o`quvchilar uchun va o`qituvchilar  uchun to`garaklar ham ishlab turibdi.

Iqtidorli o`quvchilar

DSC_0000243To`ramurodova Maftuna Faxriddin qizi – Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 1999 yilda tug`ilgan. Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi. 2014-2015 o`quv yilida ona tili va adabiyot fanidan tuman olimpiadasida faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritgan. Viloyat olimpiadasida ona tili va adabiyot fanidan qatnashib , faxrli o`rinni egallagan. Ustozi Mamanova Ra`no bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boradi. Kelajakda u Termiz shaxridagi 2-son akademik litseyining ijtimoiy-gumanitar fanlari yo`nalishi  bo`yicha o`qib,  oliy o`quv yurtiga kirib  oliy ma`lumotli  mutaxassisligini egallash orzusida.

       Xolmatova Sevara Davlat qizi – Surxondaryo viloyatining Termiz shaxrida 1999 yilda tug`ilgan. Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi. 2014-2015 o`quv yilida  fransuz tili fanidan tuman olimpiadasida faxrli 1-o`rinni egalladi. Viloyat olimpiadasida ishtirok etib, faxrli o`rinlardan birini egalladi. Ustozi Xazratqulova Tamara bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

        Axmedova O`g`ilnoz – Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 2000 yilda tug`ilgan. Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinf  o`quvchisi. 2014-2015 o`quv yilida  iqtisod fanidan tuman bilimlar bellashuvida  faxrli 1-o`rinni egalladi. Viloyat bilimlar bellashuvida ishtirok etib iqtisod fanidan faxrli o`rinlardan birini egallab qaytdi. Ustozi Begimqulova Zulxumor bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

          Omonova Madina – Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 2000 yilda tug`ilgan. Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinfida o`qiydi. 2014-2015 o`quv yilida fransuz tili fanidan bilimlar bellashuvida faxrli 1-o`rinni egalladi. Viloyatda o`tkazilgan bilimlar bellashuvida fransuz tili fanidan ishtirok etib faxrli o`rinlardan birini egalladi. Ustozi Xazratqulova Tamara bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.