Maktabga o`quvchilarni qabul qilish qoidalari

Maktabga har o`quv yili boshida o`quvchilarni qabul qilish jarayoni olib boriladi.Bunda asosan maktabning 1-sinfiga 7 yoshga to`lgan bolalar qabul qilinadi. 7 yoshli bolalar ota-onalari bilan birgalikda  tuman bolalar shifoxonasidan tibbiy ko`rikdan o`tkazilib bo`lgandan keyin tibbiyot varaqasini va maktab direktoriga  ariza bilan maktab raxbarlariga murojaat qilishadi.
Agar  maktabga qabul qilingan 1-sinf  o`quvchilari  soni kam bo`lsa, tibbiy ko`rikdan o`tgan 6 yoshli  bolalar ichidan sog`lom deb topilgan bolalarni maktabga psixologik-pedagogik test natijasiga ko`ra qabul qilinadi.

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi va Sog’liqni saqlash vazirliklarining 2006 yil

5 yanvardagi 2/1 sonli qo’shma buyrug’I bilan tasdiqlangan

 

  1. Umumiy qoidalar

     1.1  Olti yoshli bolalarning tibbiy ko’rigi (kelgusida tibbiy ko’rik) O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni , Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi  203-sonli qarori , Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2005 yil 10 dekabr 261-sonli buyrug’I  bilan tasdiqlangan “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazlari to’g’risida”gi hamda mazkur Nizom asosida tuman , shahar hududida jismonan sog’lom bo’lgan olti yoshli bolalarni maktabda o’qishga saralab olish maqsadida o’tkaziladi.

  1.2.Tibbiy ko’rik har bir tuman, shahar xalq ta’limi va sog’liqni saqlash bo’limlari hamkorligida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan o’tkaziladi.

         Tibbiy ko’rik komissiyalarining tarkibi Sog’liqni saqlash va Xalq ta’limi bo’limlari tavsiyasiga asosan tibbiy muassasalarda ishlab turgan tor mutaxassislardan iborat bo’lib tegishli tuman, shahar hokimiyatining farmoyishi bilan tasdiqlanadi.

         Ko’rik komissiyasi o’z faoliyatining mazkur Nizom hamda Xalq ta’limi va Sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiradi.

  1. Tibbiy ko’rik o’tkazishning asosiy maqsadi

  2.1 Olti yoshli bolalarning umumiy jismoniy rivojlanganlik holati , salomatlik darajasi haqida tibbiy xulosa chiqarish.

2.2. Maktabda ta’lim olishlariga mutlaq monelik qiluvchi kasalliklari(1-ilova) bo’lmagan absolyut sog’lom deb topilgan olti yoshli olti yoshli bolalarga umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi psixologik-pedagogik ko’rik komissiyasidan o’tishlari uchun ruxsat berish.

2.3. Tibbiy ko’rikda aniqlangan nosog’lom deb topilgan olti yoshli bolalarni sog’lomlashtirish rejalarini ishlab chiqish va uni amalgam oshirish yuzasidan davolash –profilaktika muassasalari va ota-onalariga tavsiyalar berish.

III. KO’RIK KOMISSIYASINING ASOSIY VAZIFALARI

3.1. O’tgan yilning 1 sentabrdan joriy yilning 1 oktabrgacha bo’lgan davrda tug’ilgan olti yoshli bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazadi.

3.2. Tibbiy ko’rik komissiyasining ish faoliyati 1 fevraldan 30 aprelgacha qilib belgilanadi va tuman, shahar hudududagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydigan va qatnamaydigan olti yoshli bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazadi.

3.3. Tibbiy ko’rik komissiyasi ish yakuni bo’yicha hisobotni bir hafta muddatda tuman, shahar Xalq ta’limi va sog’liqni saqlash bo’limlariga taqdim etadi. Unga sog’lom deb topilgan bolalarning to’liq ro’yxati ilova qilinadi.

3.4. Komissiya a’zolari o’z faoliyati davrida kuzatilgan ijobiy yoki salbiy holatlar , kamchiliklar , taklif va mulohazalar haqida komissiya rahbariga yozma axborot beradi.

3.5. Ko’rik komissiyasi nosog’lom deb topilgan olti yoshli bolalarni sog’lomlashtirish tartibi va rejasini davolash profilaktika  muassasalariga taqdim qiladi, “D” hisobiga olingan bolalarni   komissiya qarori bilan nazoratdan oladi.

  1. TIBBIY KO’RIK KOMISSIYASINING TARKIBI VA VAZIFALARI

4.1. Tibbiy ko’rik komissiyasining tarkibi pediatr, nevropotolog, bolalar jarrohi, ortoped, oftalmolog, stamotolog, endokrinolog, logoped va psixonevrolog kabi mutaxassislardan iborat bo’ladi.

4.2. Tuman, shahar poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari va ambulatoriyalarning bolalar bo’limi boshliqlari ko’rik komissiya a’zolari hisoblanadi. Ko’rik komissiyasi raisi lavozimiga tuman, shahar sog’liqni saqlash bo’limi bosh vrachining birinchi muovin, tuman,shhar hokimiyatining farmoyishi bilan tayinlanadi .

         Ko’rik komissiyasi raisining o’rinbosari sifatida mazkur tuman, shahar tashxis Markazining shifokori tayinlanadi. Unga komissiya a’zolarining  ish tartibi , ish rejasi , ko’rikning sifatini nazorat etish, hududdagi olti yoshli bolalarning ko’rikdan o’tishini ta’minlash vazifalari yuklanadi.

Rais va rais o’rinbosari ko’rik komissiyasi maktabgacha ta’lim muassasalari va mahalla ota-onalarining yig’ilishlarida hamda keng jamoatchilik orasida ko’rik komissiyasining maqsad va vazifalari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi va matbuotda mutaxassislarning chiqishlarini tashkil etadi.

Rais va rais o’rinbosari ko’rik komissiyasi faoliyatining yakuni haqida tuman, shahar sog’liqi saqlash va xalq ta’limi bo’limlarining qo’shma kengash yig’ilishlarida hisobot beradi.Komissiya ishi , a’zolari haqida o’z fikr va mulohazalarini yozma ravishda taqdim etadi.

Ko’rik komissiyasi faoliyatiga yoki uning ayrim a’zolariga nisbatan bildirilgan shikoyatlar komissiya raisi va rais o’rinbosari xalq ta’limi , sog’liqni saqlash bo’limlarining vakillari ishtirokida O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi doirasida hal etiladi.

  1. TIBBIY KO’RIK KOMISSIYASI TOR MUTAXASSIS SHIFOKORLARINING VAZIFALARI

5.1.Bolalar jarrohining vazifalari:Qorin devori churralari(kindik,qorin oq chizig’I chov, yorg’oq) holatini aniqlash. Zarurat tug’ilganda operatsiya muolajasining o’tkazilishini belgilab , mutaxassislarga yuborish;

Moyak kasalliklari (moyak istisqosi, kriptorxizm, varikotselle urug’ tizimi kistalari) mavjudligiga e’tibor berish, zarurat tug’ilganda operatsiya muolajasi o’tkazilishi muddat-larini belgilash, mutaxassisga yuborish. ;

Qorin bo’shligi , ko’krak qafasi a’zolari, anorektal va urologik  tug’ma nuqsonlarning mavjudligiga e’tibor berish, zarurat tug’ilganda operatsiya muolajasi o’tkazilishi muddatlarini belgilash, malakali mutaxassislar bilan maslahatlashish ;

Operatsiya muolajasi o’tkazilgan bemor bolalarda uning natijalarini baholash.. Qayta operatsiya va reablitatsiyaga muhtoj bemorlarga (chandiqli jarayon, axlat va siydik tuta bilmaslik) tegishli davolash muolajalarini belgilash ;

Churralar bo’yicha va loparotomiya muolajasi o’tkazilgan bemorlarni 6 oy davomida jismoniy tarbiya va mehnat mashg’ulotlaridan ozod qilishni belgilash ;

Teri , yumshoq to’qimalar va qorin bo’shlig’I sohasidagi hosilalar mavjudligiga e’tibor berish;

Jigar sirrozi va portal gipertenziya alomatlari mavjud bemorlarning umumiy ahvolidan kelib chiqqan holda o’qish jarayoni uchun layoqatliligini mutaxassis maslahati bilan hal qilish.

Tilning kaltalashgan tortmasi bor yoki yo’qligiga e’tibor berish, tegishli ko’rsatmalar bo’lganda uni bartaraf qilish.

5.2. Nevropotologning vazifalari : Umumiy nevrologik holatni aniqlash, bosh miyadan chiqadigan nervlarni , harakat sohasi, oliy nerv va vegetativ nerv tizimlarini tekshirish;

motorli –sensor amnestik , mnestik nutqini tekshirish ;

organik va funksional asabiy og’ishlarni tekshirib ko’rish;

barmoq-burun sinamasi harakatlarining muvofiqlashganligini tekshirib , baholash.

5.3. Oftalmologning vazifalari : Bolaning uzoqni ko’rish o’tkirligini Orlova jadvali orqali tekshirish ;

tegishli holda oftalmoskopiya va snioskopiya qilish ;

ranglarni sezishini tekshirish ;

ko’zining ichki bosimini paypaslab tekshirish ;

yengil darajadagi miopiya , darajadagi gipometropiya, o’rta darajadagi gipermetropiya, yuqori darajadagi gipermetropiya, aralash astigmatism, uchraydigan g’ilaylik, rang anglashdagi anomaliya, konyuktiva va qovoqning infeksion kasalliklari , ikki tomonlama epikantus , megalokorniya, qoraciqning pigementli nevusi, qisman ptoz, mikrooftalm, albinizm va boshqalarni mavjudligini aniqlash .

5.4. Otoloringologning vazifalari : Burun orqali nafas olishi (paxta bilan o’tkaziladigan sinov) ;

xalqum va tanglay bodomcha bezlarining gipertrofiyasi ;

quloq , tomoq, burundagi surunkali infeksiya o’choqlari , rinosinusitlar (gaymorit, etmoidit), tonzillit, adenoid;

Eshitish  Qobiliyati holati(pichirlab va gapirib so’zlash );

Ichki quloqning holati ;

Quloqning shang’illashi ;

Quloqning og’irligi (karlik ,garanglik);

Epitamanit ;

Nizotimpanit kabilarni aniqlash .

5.5. Ortopedning  vazifalari:  Bolaning qaddi-qomati , bo’yi , tana , vazni va shakli (proporsiyasi) ;

tikka turgandagi va yotgandagi holati, oldidan va orqasidan qaragandagi holati;

qadam tashlash va joyidan qo’zg’alishi ;

umurtqa pog’onasi va uning anatomik –funksional xususiyatlari;

gavdaning (tananing) o’ngga, chapga , orqaga va oldinga qiyalanishi (engashishi);

qo’l va oyoqlarning aktiv va passiv harakatlanishi ;

oyoq va qo’llarning o’lchami (proporsiyasi) ni aniqlash va baholash.

5.6 Psixonevrologning vazifalari : Bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o’rganib, ularning ta’lim-tarbiyasi, bilim va ko’nikmalarini hisobga olgan holda , bolaning qaysi ta’lim muassasasiga mosligini aniqlaydi hamda sog’lomlashtirish uchun tavsiya beradi;

bolaning umumiy aqliy rivojlanishini tekshiradi va tashxis qo’yadi ;

oligofren (debil,imbetsil,idiot);

bolalar infantilizmi;

ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalarni tekshirish va xulosaga kelish;

bilish jarayon (diqqat, xotira, tafakkur, irodaviy-emotsional va b.jarayonlar) dagi nuqsonlarni aniqlaydi;

yoshiga mos bilimlar zaxirasining shakllanganlik holati ;

diqqatini jamlash;

jumlalarni yozish , chizish va rasmni ko’chirishni baholash ;

eslash qobiliyatini qaytadan so’zlab berish orqali aniqlash;

emotsional holatni aniqlash;

muloqatchanlik (odamlarga aralashmaydigan) , qo’rquvchanlikni (xavfsiraydigan) aniqlash;

yangi sharoitga moslashishi yengil yoki tez , qiyinligini aniqlash;

maktabga kirish uchun dastlabki tayyorgarlikdan o’tganligini aniqlash ;

5.7. Pediatrning vazifalari : anamnez (homiladorlik) davri qanday kechganligi,tug’ruq davri, uning kechishi .Tug’ilgan paytida bo’yi va vazni, olti yoshgacha o’tkazgan kasalliklari haqida ma’lumotlarni (shaxsiy tibbiy daftarcha asosida yoki so’rash yo’li bilan) yig’ish ;

bolani umumiy ko’rikdan o’tkazish bo’y-basti , rivojlanishi, terisi va teri osti yog’ bezlarining rivojlanishi, suyak va mushakklarining rivojlanishi, umumiy aqliy rivojlanishi nafas olishining xarakteri va qon bosimini o’lchash va yurak urishini sanash, og’iz bo’shlig’I shilliq qavatlarning , tilning va tishlarining holatini aniqlash, ishtahasini aniqlash natijasining va siydigining holatlariga e’tibor berish;

jismoniy rivojlanishini aniqlahs ,vazni, bo’yini  o’lchash (6 yoshli bolalarning bo’yi va vazni normasi : o’g’il bolalarning vazni 21 kg, qiz bola vazni 21,6 kg , o’g’il bolalar bo’yi 117 sm, qiz bolalar 118 sm, ko’krak qafasining aylanasi normada bolalarda 58 sm, qiz bolalarda 57,1 sm rivojlanish normadan past bo’lgan 6 yoshli o’g’il bolalarda bo’yi 111 sm vazni 18,6 kg, ko’krak qafasining aylanasi 56,2 sm dan past, qiz bolalarda bo’yi 111 sm,og’irligi 18,1 kg, ko’krak qafasining aylanasi 56,1 sm dan past. Rivojlanishi normadan baland bo’lgan o’g’il bolalarda 128 sm, vazni 25,4 kg, ko’krak qafasining aylanasi 61,2 sm dan baland, qiz bolalarda 127 sm , vazni 23,6 kg, ko’krak qafasi aylanasi 58,4 sm dan yuqori ) ;

O’pkani perkusisiya auskultatsiya yo’li bilan tekshirish yurakni eshitish va chegaralarini aniqlash , oshqozon va ichaklarda paypaslash yo’li bilan tekshirish.

5.8 Stomatologning vazifalari : bolaning tashqi ko’rinishi (yuzi, skeleti,pastki va yuqorigi jag’ tuzilishi, mimika muskullarining tonusi) ni tekshirish ;

og’iz bo’shlig’I , shilliq parda va milklar holati, epiteliy qavati ;

yuqori lab va til o’zagi anomaliyasini  o’rganish ;

tishlar soni (20 ta sut tish va 4 ta birinchi molyar tishlar chiqqan) , tishlarning joylashishi va tuzilishini tekshirish ;

tanglay va (yuqori) lab butunligini tekshirish, baholash .

5.9. Endokrinologning vazifalari : Chuqur anomnez yig’ish : bolaning tug’ilgandagi vazni, ruhiy , jismoniy jarohati, o’tkazgan kasalliklari, surunkali infeksiya o’chog’I bor , yo’qligi, tana vazni tez kamayib ketishi, ota-onasida diabet , bo’qoq , past bo’ylik , jarohatlanishlar , infeksiyalar qayd etilganini aniqlash ;

bolaning jismoniy ahvoliga , tana ,vazni va bo’yining bir-biriga mosligi, teri osti yog’ qavatining tana bo’ylab tekis , notekis va displastik tarqalganligini aniqlash.;

terining holati, rangi, namligi, giperpigmantatsiya, marmarsimon ko’rinishi, qon tomirining aniq ko’rinishi, ko’karish (sionoz) , giperkeratoz, gipetrixoz, girsutizm, gipotireozga xos tashqi ko’rinishi (yuzning beso’noqayligi, og’zining ochiq turishi , tilini og’iz bo’shlig’idan chiqib turishi va hokazo) , Itsenko –Kushinga sindromiga xos tashqi ko’rinishi (yumaloq, oysimon yuz, yuz yanog’ida qizarishlikni bo’lishiga e’tibor qilish) ni tekshirish ;

bo’yining tuzilishidagi xususiyatlar ( kalta, uzun bo’lishi) bo’yin oldi yuzasining qalqonsimon  bez sohasida bo’rtib turishi , qalqonsimon bezning o’ng va chap bo’limlarining paypaslab ko’rilganda, ovqat yutganda , bezning qo’zg’aluvchanligi, zichligi, bog’lamlarning borligiga ahamiyat qilish, bo’yinnning orqa yuzasida qanotsimon burmalarning bo’lishi, sochning kaltaligi ( Shereshevskiy –Terner sindromi) ga e’tibor qilish ;

jinsiy tizim ko’rinishi, ko’krak bezlarining kattalashganligini paypaslab aniqlash, pubital aksillyar soch o’sishiga , o’g’il bolalarda moyak xaltasining holatiga, moyaklarning borligiga , uning elastikligi, hajmi fiksatsiyalanganligi, penisning o’lchamiga , qiz bolalarda katta va kichik jinsiy lablarning , klitorning rivojlanish holatiga ahamiyat qilish .

5.10. Logoped mutaxassisning vazifalari : bolaning tovush talaffuzi, fonema –fonematik eshituvi va Grammatik qurilishini shakllanganlik holatini o’rganish ;

bolaning og’zaki nutqini rivojlanish darajasini (lug’at boyligi, so’zlarni mazmunan tushunishi, ifodalay olishi ) aniqlash ;

nutqning tempi, ravonligi va aniqlik holatini tekshiradi.

Tovush talaffuz apparatini rivojlanganlik darajasi (til, lab, yuz mushaklarini harakatchanligi, nafas olish organlari , jag’lari tuzilishi, tanglay yoriqlari va tishlari) ni o’rganish ;

Tekshirish natijasida olgan ma’lumotlar asosida  tashxis qo’yish.

 

 

 

  1. KO’RIK KOMISSIYASI A’ZOLARINING HUQUQLARI

6.1. Ko’rik komissiyasi a’zolari mahalliy hokimiyatning “6 yoshli bolalarni maktabga qabul qilish komissiyasini tuzish haqida” gi maxsus qaroriga binoan , tuman , shahar xalq ta’limi va sog’liqni saqlash bo’limlari buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.

6.2. Ko’rik komissiyasi a’zolari ularga yuklatilgan vazifalar doirasida bajariladigan ishlari uchun tegishli ish sharoiti, transport xizmati va boshqa xizmat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan barcha talablarni tuman, shahar xalq ta’limi va sog’liqni saqlash bo’limlari rahbariyatiga taqdim etadi.

6.3. Ko’rik komissiyasi har bir a’zosi may oyida ko’rik natijalari asosida hamda nosog’lom bolalarni sog’lomlashtirish yuzasidan avgust oyida hisobotni sog’liqni saqlash va xalq ta’limi bo’limlariga taqdim etadi. Ko’rik natijalari xalq ta’limi va sog’liqni saqlash bo’limlarining hamkorlikdagi keygashoda ko’rib chiqiladi va komissiya ishiga yakun yasaladi.

VII. KO’RIK KOMISSIYASINING MODDIY TA’MINOTI

7.1. Ko’rik komissiyasining barcha moddiy va moliyaviy xarajatlari tasdiqlangan smetaga binoan tuman, shahar sog’liqni saqlash bo’limlari tomonidan , zarur bo’lganda homiy tashkilotlarni jalb etgan holda amalgam oshriladi.

7.2. Tuman , shahar sog’liqni saqlash va xalq ta’limi bo’limlari , ko’rik komissiyasi ish faoliyatining uzluksiz bajarilishini ta’minlaydi, komissiya ishi uchun zarur bo’lgan jihozlar, bino, sarf bo’ladigan ashyolar (javob varaqalari, qog’oz blankalari va hokazo) , uzoq masofaga boorish zarriyati bo’lganda komissiya a’zolari uchun transport ajratadilar va hokazo.  

 

                              

 

Fikr bildirish