
Maktab direktori: – Ashurqulov Faxriddin Nomozovich 1965 yil 26-iyul kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida tug`ilgan. 1972 yildan 1982 yilgacha Muzrabot tumandagi 17-maktabda tahsil olgan. 1984 yildan 1989 yilgacha bo`lgan davrda Termiz Pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga qarashli fizika-informatika bo`limida o`qib oliy ma`lumotli pedagog bo`lib yetishdi. 1989 yildan Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabida 1995 yilgacha fizika fani o`qituvchisi bo`lib ishladi. 1995 yildan 2000 yilgacha 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari vazifasida ishladi. 2000 yildan hozirgi kungacha 17-maktabning direktorlik lavozimida ishlab kelmoqda.
O`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: – Zilyanov Rustam Payg`amovich 1970 yilda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tug`ulgan. 1974 yildan 1984 yilgacha davrda Muzrabot tumanidagi 17-maktabda tahsil oldi. 1984 yildan 1990 yilgacha bo`lgan davrda Termiz Pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga qarashli matematika-informatika bo`limida o`qidi. 1990 yildan Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabida matematika fani o`qituvchisi sifatida ish faoliyatini boshladi. Dars berish bilan birgalikda Termiz pedagogika institutida sirtdan o`qishni davom ettirdi. 1994 yilda Termiz Davlat pedagogika institutini sirtdan tamomladi. 2000 yildan hozirgi kungacha Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabining o`quv va tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarligi vazifasida ishlab kelmoqda.