Sog`liq va sog`lom turmush tarzi tushunchasi

Sog`liq hamma narsa degani emas, lekin sog`liqdan tashqari hamma narsa – hech narsa emas

Sog`liq – bu to`liq jismoniy, ruhiy xotirjamlik va ijtimoiy farovonlik bo`lib qolmay , faqatgina kasallik yo`qligi holati ma`nosini anglatmaydi. Ayni tibbiy nuqtai nazardan – bu organizm ichki uhitining barqarorligi, ya`ni , faoliyati muhit sharoitlari (doim o`zgarib turadigan) va odamning o`z organizmiga bo`lgan munosabatiga bog`liq holda, biologik fapol moddalar muvozanatidir. Odatlar tushunchasida – sog`liqning qaramligi – bu jismoniy va ruhiy qullikdan ozodlikdir.
Shunday qilib: sog`lom turmush tarzi – odamning jismoniy , ruhiy, ma`naviy va ijtimoiy sog`lig`ini ta`minlaydigan turmush tarzidir.
Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) ming yil avval insonning jismoniy, ma`naviy, ruhiy va tibbiy holati uyg`unligini sog`lom turmush tarzi sifatida belgilab bergan. Shuning uchun sog`lom turmush tarzi tushunchasi – bu nafaqat jismoniy farovonlikka intilish, balki ma`naviyatga , xotirjamlikka intilishdir, uning oqibati sog`liqning tibbiy jihati bilan belgilanadi.
Sog`lom turmush tarzi asosida maqbul va mas`uliyat bilan o`zini tutish xulqi yotadi. Sog`lom turmush tarzi asosini – vaziyat hamda o`zini hurmat etish bahosiga mos