O`quvchilarning ta`lim-tarbiya olishida , ularning sog`lom bo`lib o`sishlari albatta birinchi o`rinda turishi zarur. Shuning uchun maktabda tahsil olayotgan o`quvchilar, xizmatchilar va pedagog xodimlar har doim chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tib turishadi. 2015 yilning 20-may kuni bizning maktabimiz o`quvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Qishloq vrachlik punktidan kelgan vrachlar o`quvchilarni birma-bir ko`rikdan o`tkazishib , ularning sog`ligini tekshirishdi. Bunda tibbiyot xodimlari har bir o`quvchini sinchiklab tekshirishdi. Qo`ng`irot vrachllik punkti boshlig`i Muborak opa Mamadaliyeva boshchiligida 1-sinfdan 9-sinf o`quvchilarigacha o`quvchilarni tibbiyot xodimlari bilan birgalikda nazorat qilishdi. O`quvchilarning bo`ylari, vazni o`lchandi. O`quvchilarning qo`llariga tibbiyot varag`i berilib har bir mutaxassis shifokor oldiga borib ko`rinishdi. Qishlog`imiz tibbiyot feldsheri Sadatov Abdusattor , feldsher Hamidov Komil , Xudoynazarova Mayramlar o`quvchilarning tibbiy ko`rikdan o`tishlarida o`zlarining yordamlarini ayamadi.
Shifokorlar har bir o`quvchi bilan alohida suhbatlar qilishdi. O`quvchilarning shikoyatlarini eshitishdi, shunga qarab tashxis qo`yishib, ularga ko`rsatmalar berishdi.O`quvchilar maktab psixologi Bobonazarov Sherboy hamda sinf raxbarlari bilan birgalikda tibbiy ko`rikning mazmun-mohiyatini aniq bilgan holda ishtirok etishdi.O`quvchilarning sog`ligida bo`lgan o`zgarishlarni tibbiyot xodimlari aniqlashib ularga ko`rsatmalar berishdi, sinf raxbarlari va o`quvchilar orqali ularning ota-onalariga xabar berish ishlarini tashkil etishdi. Qishloqning feldsherlari o`quvchilarni ro`yxatga olishib, kasal deb topilganlarini alohida daftarlariga yozib olishdi.
O`quvchilarning oyoqlari , tomoqlari, yuragi, o`pkasi, tishlari va boshqa a`zolarini tekshirishib o`quvchilarning qanday gaplashishlari, ularning nutqida qanday kamchiliklar borligini o`rganishdi. Kamchiliklar har bir o`quvchining tibbiyot kartasiga yozib borildi. Hozirgi kunda o`quvchilarda uchraydigan kamqonlik, kariyes, yassi tovonlik, gijja kasalliklarini aniqlashdi.