Sog`lom turmush tarzini shakllantirish boshqa muhim tamoyillariga o`smirlarda o`ziga quyidagilarni qamrab oladigan hayot faoliyati tizimini yaratish, ya`ni : kun tartibini tashkil etish, me`yorida ovqatlanish va jismoniy yuklamalar hamda ekologik muammolarni to`g`ri anglash tushunchalarining bo`lishi lozim.
O`smirlarda sog`lom turmush tarzi muhim tamoyillaridan biri bu ish va dam olish vaqtini oqilona hisobga olish ko`nikmalarini shakllantirishdir. Bu muammo yuqori sinf yoshida paydo bo`ladi. Bu paytda o`zini tutish bolalik xulq – atvorlaridan asta-sekin voz kechib ulgurgan, kattalar odatlari esa shakllanmagan bo`ladi. Bu yoshda o`quvchilar o`z kun tartibini o`zgartirish chegaralari to`g`risida tasavvurga ega bo`lishlari kerak. Shuning uchun o`qituvchi ularga o`z kun tartibini tuzishda tayanish uchun organizm fiziologiyasi va psixologiyasi to`g`risida ba`zi ma`lumotlar berishi lozim.
Yoshlar kun tartibini tuzib, ko`pincha , uni bajarishga harakat qiladilar. Ular, bu juda qulay va rejalashtirilgan ishlarni o`z vaqtida bajarish imkoniyati ekanligini , yaxshi biladilar, biroq, hayotda bu ko`pincha , amalga oshmay qoladi. Tezda shu ma`lum bo`ladiki , hayot eng yaxshi rejalarni amalga oshirishga to`siq bo`ladigan turli tasodiflarga to`la ekan. Ulardan cho`chiganlar o`z faoliyatini tartibga solishga bo`lgan intilishlarini yig`ishtirib qo`yadi. Bunday muvaffaqiyatsizlik jadval noto`g`ri tuzilganligini ko`rsatadi. O`qituvchi bunga e`tibor qaratishi ekrak va o`z o`quvchilariga bir nechta qoidalarni belgilashi lozim: birinchisi – bu mustaqillik . Bunda o`qituvchi asosiy e`tiborini har kim aniq kun tartibini shaxsan o`zi tuzishi zarurligiga qaratadi. Boshqalar tomonidan tuzilgan kun tartibiga rioya qilishga odamni majbur qilib bo`lmaydi. Chunki gap odamning o`z organizmi haqida ketyapti va buni har kim boshqalarga nisbatan o`zi yaxshi tushunishi kerak; ikkinchi qoida – moslanuvchanlik. Shifokorlar , ota-onalar, o`qituvchilar kun tartibiga qat`iy amal qilish, belgilangan amallarni bajarish : qachon turish, ovqat yeyish, ishlash va dam olishga majburiy talab qilingan vaqtlar o`tib ketdi. Bunday kun tartibi ko`pincha, samarasiz bo`ladi. Shuning uchun kun tartibi qanchalik qulay sharoitga mos bo`lsa, shunchalik ko`p ishga ulgurish va o`zini yaxshi kayfiyatda sezish mumkin. Umuman , kun tartibida tizimlilik, shaxsning rivojlanishida va uning kamol topishidagi muvaffaqiyat garovidir.