Sog`lom turmush tarzini shakllantirishning umumiy tamoyillari

Sog`lom turmush tarzi shaxsning jismoniy, ma`naviy, ruhiy va tibbiy holatiga asoslanishi zarur. Hozirgi zamon tadqiqotlari ko`rsatishicha , o`smirlar individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda, o`ziga-shaxsga nisbatan bo`lgandek , xatti-harakatlariga hurmatni tarbiyalash lozim. Bunday odam ko`proq o`ziga ishonadi, boshqalar fikr va baholariga kamroq qaram bo`ladi. Bu fikrni : «O`ziga va boshqalarga hurmat – sog`lom odamning mo`tadil holatidir» hikmatli iborasi ham tasdiqlaydi.
Mashhur pedagog B.P. Shatalov : «Eng asosiysi – o`qituvchi o`zini o`quvchilar tomonidan – shaxs sifatida tan olishlariga yordam berishi kerak, o`zligini, hayotni , olamni bilishga ehtiyojni uyg`otishi lozim. Bularning barchasi qilingan ish uchun o`zi, do`stlari, maktab, jamiyat oldida mas`uliyatni chuqur his qilishga sabab bo`ladi. O`qituvchi har bir o`quvchisining imkoniyatlariga ishonishi , uning qat`iyligi , sabri, vaqtida yordamga kelishi mahorati – o`quvchilarning ilm yo`lidan yutuqlariga ko`p jihatdan bog`liq» – deb yozgandi.
Darslarda muhokama yuritishda, hatto ularni tushunishga intilmagan va ijobiy munosabatda bo`linmagan taqdirda ham o`quvchilar, atrofdagilarga nisbatan hurmat ko`rsatishlari lozim, degan xulosaga kelishlari zarur. Bunda birinchi navbatda, o`ziga, shu bilan birga atrofdagilarga nisbatan ham o`z-o`zidan hurmat munosabatini yuzaga keltiradi. Bu qoidaning asosida harakat ko`zda tutiladi. Misol sifatida , o`qituvchi har bir o`quvchiga o`ziga nisbatan hurmat qozonish uchun qanday harakatni bajarish zarurligini aytishni taklif etadi. O`quvchi bu harakatni o`z daftariga yozadi; shuningdek, u nima uchun birinchi navbatda , shu harakatni bajarishni zaruriy, deb hisoblashini ham yozadi. O`qituvchi unga bu harakat naqadar muhim bo`lib ko`rinishidan qat`iy nazar , u o`quvchini qabul qilingan qarorni bajarishga undaydi. O`qituvchi shuningdek, agar taklif uncha to`g`ri sharhlangan bo`lmasa, o`ylab ko`rishni taklif etishi mumkin.
Oqibatda, sog`lom turmush tarzi – odamni atrofidagi buyumlarga , so`zlarga va kishilarga nisbatan sog`lom munosabat vazifasi demakdir. Sog`lom turmush tarzi tamoyillari oddiygina qoida bo`lishi kerak emas, ular tushunish va shaxsiy tajribaga asoslangan bo`lishi kerak. O`smirlik yoshi va ilk yoshlik davri – bu turli muammolar yoshidir. Ularni quyidagi : olamga, odamlarga , ota-onalarga , do`stlarga va nihoyat , o`ziga nisbatan munosabat turlariga bo`lish mumkin.
Bolalar va o`smirlarda o`ziga , o`z sog`lig`iga nisbatan sog`lom munosabat , giyohvandlik moddalariga va qaramlikning boshqa vositalariga murosasiz munosabatni shakllantirish uchun , o`smirlar o`ziga baho berish xavfsiz muhitida, o`smirlar mulohazalari, hissiyotlari, ehtiyojlarini qabul qilish , hurmat va ishonch muhitida birgalikda muqobillikni izlash lozim.