Til va jamiyat

Inson jamiyatda yashaydi.Jamiyat deganda odamlarning birlashib yashashi, ishlashi, o`zaro turli-tuman aloqa va munosabatlarda bo`lishini tushunamiz.
Odamlar birgalikda yashab-ishlashlari uchun ular bir-birlari bilan so`zlashishlari, fikr almashishlari zarur.Shuning uchun jamiyat a`zolari orasidagi aloqaning eng muhim turlaridan biri so`zlashish, bir-biri bilan fikr almashishdir.Agar kishilar o`zaro  fikr  almasha olmasalar, jamiyat bo`lib yashay olmaydilar.Jamiyat a`zolarining o`zaro so`zlashishlarini ta`minlovchi vosita tildir.
Fikrni chiroyli va ravon ifodalay olish, so`rash va javob berish jamiyat a`zolari uchun eng zarur va yaxshi xislatdir.
Til o`tgan avlodlar tajribasi, bilimlari natijalarini kelgusi avlodlarga yetkazuvchi ko`prik hamdir.Kishilar hayot tajribalari va ilmiy yutuqlarini yozib qoldiradilar va ular avloddan-avlodga o`tib, boyib,rivojlanib boradi. Bu tilning ulkan ma`rifiy ahamiyatidir.
Til shaxsiy hayotda ham juda katta o`rin tutadi: u shaxsning o`zini o`ziga tanitadi, milliy va umuminsoniy faxrlanish tuyg`usini kamol toptiradi.
Insoniyat tarixida dastlab og`zaki nutq yagona aloqa quroli bo`lib xizmat qilgan.Yozuv paydo bo`lgach,odamlar og`zaki va yozma nutqdan foydalanganlar.
Dunyodagi tillar, shu jumladan o`zbek tili ham , jamiyat bilan birga doimo rivojlanishda bo`ladi.