Muzrabot tumanidagi 17-umumiy o`rta ta`lim maktabi 1969 yilda qishloq hududidagi beton zavodi ishchilarining yotoqxonasi negizida tashkil etilgan. Binolar ta`lim olish uchun moslashtirilgan edi. 1974 yilda qishloq hududida maktab uchun yangi bino qurildi va undan foydalanish uchun topshirildi. Keyinchalik 1994 yilda zamon zayli bilan zamonaviy ikki qavatli maktab binosi qurildi. Hozirgi kunda mana shu binoda ta`lim ishlari olib borilyapti. Bunda 426 nafar o`quvchilarga 60 nafar pedagog ta`lim ishlarini olib borishyapti.Maktab ustavi 2007 yilda qabul qilingan.Maktabning pedagog jamoasi ish reja asosida ta`lim va tarbiya jarayonida ish faoliyatlarini olib borishmoqda. Maktabda keyingi yillarda obodonchilik ishlariga ham katta e`tibor berilmoqda. Maktabda «Yoshlar bog`i» tashkil etildi. Bu yerda o`quvchilar, pedagog xodimlar va boshqa xizmatchilar bo`sh vaqtlarida dam olishadi. Maktabda o`tkaziladigan tadbirlar ham mana shu yangi barpo etilgan bog`da tashkil etiladi.