Maktabda 2015 yilning 25-may kuni «Xayr-maktab, Salom-kollej» tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirning boshlanish qismida O`zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi, davraga O`zbekiston Respublikasi bayrog`i olib kirildi. Shundan so`ng tadbirni ochish uchun maktab direktori Ashurqulov Faxriddinga so`z berildi. Maktab direktori barchani tadbir munosabati bilan tarikladi. Keyin tadbirni ochiq deb e`lon qildi. Tadbir davomida o`quvchilarning qiziqarli chiqishlari bo`lib o`tdi. Maktabning 4-sinfini bitirib yuqori sinflarga o`tayotgan o`quvchilar va ustozlarining chiqishlari, 9-sinf bitiruvchi o`quvchilarning chiqishlari juda ham qiziqarli bo`lib barcha tadbir qatnashchilarini xursand qildi.Tadbir davomida maktab raxbariyati maktabdagi a`lochi o`quvchilarni , ularning ota-onalarini maqtov yorliqlari va tashakkurnomalar bilan taqdirladi. Shuningdek maktabda o`zlarining mehnatlari bilan barchaga o`rnak bo`layotgan pedagog xodimlarni ham faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Keyin tadbirda boshlang`ich ta`lim o`qituvchilari va o`quvchilarining chiqishlari bo`ldi. O`quvchilar o`zlarining she`rlari, qo`shiqlari, sahna ko`rinishlari, raqslari bilan barcha tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar , ota-onalarga soz` berildi. Ular ham o`quvchilarni hamda o`qituvchilarni tadbir munosabati bilan tabriklashdi. Tadbir so`ngida bitiruvchi sinf o`quvchilari ustozlari bilan raqsga tushishdi.So`ngra har bir bitiruvci o`quvchilar bilan ustozlarning xayrlashuv onlari bo`lib o`tdi. Tadbir so`ngida bitiruvchi o`quvchilar ustozlariga o`zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi.