2015 yilning sentabr oyida maktabda yakka tartibda o`qiydigan o`quvchilarga davlat ta`minotidan beriladigan sumka, daftar,rasm daftar, rangli qalamlar, plasitilin, akvarel , kley , ruchkalar, qalamlar tarqatildi. O`quvchilarning har birlarining uylariga borib ularning ahvolidan xabar olindi. O`quvchilar va ularning ota-onalari bu sovg`dan juda mamnun bo`lishdi.
Yakka tartibda o`qiydigan o`quvchilar – berilgan sovg`alardan juda ham xursand bo`lishdi. O`zlarining kichkina tasavvuri bilan insonlarning , ayniqsa davlatimizning o`ziga bo`lgan mehribonligi , unga bo`lgan ishonchi uchun mamnun bo`lib, o`qishga bo`lgan qiziqishi yanada ortishini tushuntira bildi. Uning uchun insonlarning o`ziga bo`lgan e`tibori birinchi o`rinda turishini , mehrini yaxshi tushunishini biz juda ham yaqindan his qildik.