Yangiliklar

Surxondaryo  viloyatining Muazrabot  tumanidagi  10-sonli san`at maktabida  2015 yilning 25 avgust kuni xalq ta`limi xodimlarining anjumani o`tkazildi. Bu tadbirda Muzrabot tumani hokimi , viloyat  vakillari Muzrabot tuman XTMFMT va TEB mudiri SH.Azimov va metodistlar , tumandagi barcha ta`lim muassalari o`qituvchilari hamda raxbarlari ishtirok etishdi. Tadbir boshlanishida Muzrabot  tumanidagi 10-sonli san`at maktabi  o`quvchilarining musiqiy chiqishlari bo`ldi. O`quvchilar o`zlarining cholg`u   asboblarida chalgan kuylari, kuylagan qo`shiqlari va raqslari bilan anjuman qatnashchilarini  xursand qilishdi. Anjumanda tuman hokimligi vakillari, tuman hokimi, tuman XTMFMT va TEB mudiri SH. Azimov va ta`lim muassalari raxbarlari va o`qituvchilari , tumandagi «Nuroniy» jamg`armasi raisi D.Qodirovlar so`zga chiqishib o`zlarining dil so`zlarini aytishdi. Oliy o`quv yurtlarini endi bitirib ta`lim muassasalariga ishga kelgan  yosh yigit va qizlarning ‘Qasamyod qilish» tadbiri ham bo`lib o`tdi. Bunda yosh pedagoglar ham o`zlarining dil so`zlarini izxor etishdi. Tadbir davomida ta`lim sohasida  o`zlarining mehnatlari bilan   o`rnak bo`lib kelayotgan pedagog xodimlar  sovg`lar va mukofotlar hamda faxriy yorliqlar bilan  rag`batlantirildi.

 Maktabda «Xayr-maktab, Salom kollej» tadbiri 2015 yilning 25-may kuni o`tkazildi. Bu tadbirda maktabning barcha pedagog xodimlari, o`quvchilar, Muzrabot XTMFMT va TEB xodimlari, ichki ishlar xodimlari,mahalla faollari , ota-onalar ishtirok etishdi.Tadbir juda qiziqarli va jo`shqin kayfiyatda o`tdi.

2015 yilning 2-iyun kuni  Muzrabot tumanidagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabida «Quvnoq startlar» sport musobaqasi bo`lib o`tdi. Bu tadbirda Muzrabot XTMFMT va TEB xodimlari, televideniye xodimlari, o`quvchilar ishtirok etishdi.